Maxfiylik siyosati
MAXFIYLIK SIYOSATI
1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o‘rinlarda “Siyosat” deb yuritiladi) “Freedom Finance” MChJ YaTT (keyingi o‘rinlarda “Jamiyat” deb yuritiladi) tomonidan Jamiyatning rasmiy sayti va/yoki boshqa internet-resurslar (keyingi o‘rinlarda “Sayt” deb yuritiladi) orqali to‘plangan shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish bo‘yicha belgilangan tartibni, shuningdek u bilan bogʻliq boʻlgan xizmatlar va vositalarni tavsiflaydi. Jamiyat Sayt foydalanuvchilarining shaxsga doir maʼlumotlariga faqat Oʻzbekiston Respublikasining 02.07.2019 yildagi “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi 547-son Qonuni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar talablari doirasida ishlov berishni amalga oshiradi. Mazkur Siyosat koʻrsatilgan me’yorlarga muvofiq ishlab chiqilgan.
1.2. Siyosat Jamiyatning rasmiy hujjati hisoblanadi va Saytda taqdim etiladigan xizmatlarga murojaat qiladigan jismoniy va yuridik shaxslarning ma’lumotlari bilan ishlash va shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish tartibini tartibga soladi. Siyosat foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, shu jumladan ularning shaxsga doir ma’lumotlarini ruxsatsiz kirish va oshkor qilishdan lozim darajada himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan.
1.3. Mazkur Siyosat, shuningdek, Jamiyatning boshqa rasmiy hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi Sayt foydalanuvchilari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, tarqatish va himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi. Mazkur Siyosat va Jamiyatning boshqa rasmiy hujjatlari oʻrtasida qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan taqdirda, mazkur Siyosat qoʻllaniladi.
1.4. Mazkur Siyosatda quyidagi atamalardan foydalaniladi:
- Sayt administratsiyasi (ma’muriyati) – Jamiyat nomidan ish yurituvchi va Sayt boshqaruvini, shaxsga doir ma’lumotlarni tashkil etish va (yoki) ularga ishlov berishni amalga oshiruvchi, shuningdek, shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish maqsadlarini, ishlov beriladigan shaxsiy ma’lumotlar tarkibini va shaxsiy ma’lumotlar bilan amalga oshiriladigan harakatlarni (operatsiyalarni) belgilaydigan Jamiyatning vakolatli xodimlari.
- Shaxsga doir ma’lumotlar - bevosita yoki bilvosita identifikatsiya qilingan yoki identifikatsiya qilinadigan jismoniy shaxsga tegishli har qanday ma’lumotlar (shaxsiy ma’lumotlar sub’yekti).
- Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish – shaxsga doir ma’lumotlar bilan avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda yoki foydalanmasdan amalga oshiriladigan har qanday harakat (operatsiya) yoki harakatlar (operatsiyalar) majmui (jumladan, yigʻish, yozish, tizimlashtirish, toʻplash, saqlash, aniqlashtirish, chiqarib olish, foydalanish, uzatish, egasizlantirish, blokirovka qilish, oʻchirish, yoʻq qilish).
- Shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi – shaxsga doir ma’lumotlarga kirish huquqiga ega boʻlgan har qanday shaxs tomonidan rioya qilinishi kerak boʻlgan shaxsga doir ma’lumotlar sub’yektining roziligisiz yoki boshqa qonuniy asoslar mavjud boʻlmaganda ularning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik talabi.
- Sayt Foydalanuvchisi (keyingi o‘rinlarda “Foydalanuvchi” deb yuritiladi) – Internet tarmog‘i orqali Saytga kirish imkoniga ega bo‘lgan hamda uning funksionalligi va (yoki) xizmatlaridan (servislaridan) foydalanuvchi shaxs.
- Cookies - veb-server tomonidan yuborilgan va foydalanuvchi kompyuterida saqlanadigan ma’lumotlarning katta boʻlmagan parchasi (qismi)dir. Veb-mijoz yoki veb-brauzer ma’lumotlarning ushbu parchasi (qismi)ni tegishli saytda sahifa ochishga urinishda HTTP soʻrovida veb-serverga yuboradi.
- IP-manzil - IP protokoli boʻyicha qurilgan kompyuter tarmog‘idagi boʻgin(qurilma)ning yagona tarmoq manzili.
1.5. Saytda roʻyxatdan oʻtish va undan foydalanish orqali Foydalanuvchi mazkur Siyosat shartlari bilan roziligini bildiradi. Foydalanuvchi Siyosat shartlari bilan rozi boʻlmagan taqdirda, darhol Saytdan foydalanishni toʻxtatishi kerak.
1.6. Sayt administratsiyasi (ma’muriyati) Saytdan foydalanishda Foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning toʻgʻriligini tekshirmaydi, bunday tekshirish Sayt administratsiyasi (ma’muriyati)ning Foydalanuvchi oldidagi majburiyatlarini bajarishi uchun zarur boʻlgan hollar bundan mustasno.
1.7. Foydalanuvchilar Saytda joylashtirilgan ma’lum havolalar boʻyicha oʻtganlarida, ular Foydalanuvchi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Jamiyatning bevosita nazoratidan tashqari toʻplanadigan uchinchi shaxslar resurslariga (masalan, ijtimoiy tarmoqlar yoki boshqa veb-maydonlar) qayta yoʻnaltirilishlari mumkinligini hisobga olishlari kerak. Bunday holda, uchinchi shaxs tegishli resursining Maxfiylik siyosati ushbu uchinchi shaxs tomonidan Foydalanuvchidan olingan ma’lumotlarga ishlov berish tartibini tartibga soladi.
1.8. Agar Foydalanuvchi uchinchi tomon autentifikatsiya xizmati orqali (masalan, ijtimoiy tarmoqlardan biri orqali) kirish funksiyasidan foydalanishga qaror qilsa, Jamiyat tegishli uchinchi shaxs tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha ma’lumotlarni olishi mumkin (masalan, Foydalanuvchining profili yoki boshqa ma’lumotlar).
2. Maxfiylik siyosatining amal qilish va unga oʻzgartirishlar kiritish tartibi
2.1. Ushbu Siyosat Jamiyat Direktorlar Kengashi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab cheklanmagan muddatga kuchga kiradi va yangi tahrirga almashtirilgunga qadar amal qiladi. Siyosatni almashtirish Saytda (yoki Jamiyatning boshqa kirish mumkin boʻlgan internet-resursida) uning yangi tahririni e’lon qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
2.2. Siyosatning amaldagi tahriri ommaviy hujjat hisoblanadi va undan har qanday Internet foydalanuvchisi foydalanishi mumkin. Sayt administratsiyasi (ma’muriyati) Siyosatlarga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmagan oʻzgartirishlar kiritishga haqli. Siyosatning yangi tahririni joylashtirish Foydalanuvchilar uchun kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida xabarnoma boʻlib hisoblanadi.
3. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish shartlari va maqsadlari
3.1. Sayt administratsiyasi (ma’muriyati) Sayt administratsiyasi (ma’muriyati) va Foydalanuvchi oʻrtasidagi kelishuvlar (shu jumladan ommaviy oferta) bilan nazarda tutilgan xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarni bajarish maqsadida Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishni amalga oshiradi.
3.2. Sayt administratsiyasi (ma’muriyati) oʻz xizmatlarini taqdim etishda Foydalanuvchi:
- unga ro‘yxatdan o‘tish va Saytdan foydalanish imkonini beruvchi barcha zarur huquqlarga ega boʻlishi;
- Foydalanuvchi tomonidan o‘zi haqida Saytda joylashtirilgan ma’lumotlarga Sayt administratsiyasi (ma’muriyati) tomonidan majburiyatlarni bajarish uchun jalb qilingan uchinchi shaxslar kirishi mumkinligini anglashidan kelib chiqadi.
3.3. Jamiyat oʻz xizmatlarini koʻrsatish uchun u toʻplaydigan va saqlaydigan ma’lumotlardan quyidagi maqsadlarda foydalanishi mumkin:
- Jamiyat mijozlariga xizmat ko‘rsatish, jumladan, foydalanuvchi hisob qaydnomalarini yaratish va boshqarish, texnik masalalarni yechish (hal qilish) va Sayt funksiyalariga kirish huquqini taqdim etish;
- oʻz servislarida (xizmatlarida) yoki uchinchi shaxslar servislarida (xizmatlarida) takliflar va tajribalarni (shu jumladan reklamani) moslashtirish;
- Foydalanuvchilarning umumiy va individual faolligini nazorat qilish, shuningdek Saytdagi trafikni boshqarish;
- har qanday mavjud kanallar orqali servis, mijozlarga xizmat ko‘rsatish yoki ruxsat etilgan marketing komminikatsiyalari masalalari bo‘yicha Foydalanuvchilar bilan bogʻlanish (aloqa qilish);
- Jamiyatning mijozlar servisini yaxshilash maqsadida analitik faoliyatni oʻtkazish.
Jamiyat olingan ma’lumotlarni oʻz ish faoliyati (biznes) maqsadlari uchun saqlashi mumkin.
4. Shaxsga doir ma’lumotlarning tarkibi
4.1. Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
4.1.1. Yagona identifikator (elektron pochta manzili).
4.1.2. Qoʻshimcha ma’lumotlar: ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, telefon raqami (uy, mobil), pasport ma’lumotlari, STIR, roʻyxatdan oʻtish manzili va haqiqiy yashash manzili, shuningdek boshqa ma’lumotlar.
4.1.3. Kelishuvdan kelib chiqadigan Foydalanuvchi oldidagi majburiyatlarni bajarish uchun Sayt administratsiyasi(ma’muriyati)ning soʻroviga koʻra Foydalanuvchi tomonidan qoʻshimcha tarzda taqdim etilgan ma’lumotlar (masalan, identifikatsiyalash zarur boʻlganda, shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi).
4.2. Sayt administratsiyasi(ma’muriyati) tomonidan ishlov beriladigan Foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi boshqa ma’lumotlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
4.2.1. Saytga kirishda va Foydalanuvchining keyingi harakatlarida server tomonidan avtomatik ravishda qabul qilinadigan standart ma’lumotlar (IP-manzili, operatsion tizim turi, tashrif buyurilgan sahifalar va Cookie-fayllar).
4.2.2. Cookiesdan foydalangan holda Saytga kirishda avtomatik ravishda olinadigan ma’lumotlar.
4.2.3. Foydalanuvchining Saytdagi harakatlari natijasida olinadigan ma’lumotlar.
4.2.4. Foydalanuvchini identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar.
5. Foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarga ishlov berish
5.1. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
- Ishlov berish maqsadlari va usullarining qonuniyligi;
- vijdonlilik;
- ishlov berish maqsadlarining shaxsga doir ma’lumotlarni yigʻish paytida oldindan belgilangan va e’lon qilingan maqsadlarga, shuningdek Sayt administratsiyasi(ma’muriyati)ning vakolatlariga muvofiqligi;
- ishlov beriladigan shaxsga doir ma’lumotlarning hajmi va tabiatining ularga ishlov berish maqsadlariga muvofiqligi.
5.2. Shaxsga doir ma’lumotlarni yigʻish.
5.2.1. Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlarini toʻplash Saytda roʻyxatdan oʻtishda, shuningdek, Foydalanuvchi tomonidan oʻz tashabbusi bilan qoʻshimcha ma’lumotlar kiritilishida amalga oshiriladi.
5.3. Shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash va ulardan foydalanish.
5.3.1. Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlari mutlaq elektron shaklda saqlanadi va ularga avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida ishlov beriladi, qonunchilik talablariga koʻra qoʻlda ishlov berish zarur boʻlgan hollar bundan mustasno.
5.4. Shaxsga doir ma’lumotlarni uzatish.
5.4.1. Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlari uchinchi shaxslarga uzatilmaydi, bevosita mazkur Siyosat va Foydalanuvchi bilan tuzilgan kelishuvlar bilan nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
5.4.2. Foydalanuvchi shaxsga doir ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga (Jamiyat kontragentlariga) uzatilishini koʻrsatgan yoki unga rozi boʻlgan taqdirda, bunday uchinchi shaxslar olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi shart.
5.4.3. Saytda Foydalanuvchilar tomonidan foydalaniladigan va uchinchi shaxslar (ishlab chiquvchilar) tomonidan yaratilgan ilovalar Sayt administratsiyasi(ma’muriyati)dan mustaqil ravishda amal qiladi va uning nomidan chiqmaydi. Foydalanuvchilar tegishli ilovalardan foydalanishdan oldin uchinchi shaxslarning shartlari va siyosatlari bilan mustaqil tarzda tanishib chiqadilar.
5.4.4. Davlat organlarining talabiga binoan Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini taqdim etish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5.5. Shaxsga doir ma’lumotlarni yoʻq qilish.
5.5.1. Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlari quyidagi hollarda yoʻq qilinadi:
- Sayt administratsiyasi(ma’muriyati)dan Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlarini o‘chirish boʻyicha soʻroviga koʻra;
- Kelishuv bilan nazarda tutilgan hollarda Sayt administratsiyasi(ma’muriyati) tomonidan Foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan ma’lumotlarni va/yoki Foydalanuvchining hisob qaydnomasi (akkaunti)ni oʻchirib tashlashda.
6. Foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni himoya qilish choralari
6.1. Sayt administratsiyasi(ma’muriyati) Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlaridan himoya qilish uchun barcha mumkin boʻlgan texnik, tashkiliy va huquqiy choralarni koʻradi.
6.2. Foydalanuvchi brauzeridan Sayt serveriga ma’lumotlarni uzatish himoyalangan ulanishdan foydalangan holda (masalan, 256 bitli shifrlash) amalga oshirilishi mumkin.
7. Cheklovlar
7.1. Mazkur Siyosatning amal qilishi uchinchi shaxslar internet-resurslarining amal qilishishiga qoʻllanilmaydi.
7.2. Sayt administratsiyasi(ma’muriyati) Internet tarmogʻidan yoki Saytning funksionalidan foydalanish natijasida Foydalanuvchi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarga kirish huquqiga ega boʻlgan uchinchi shaxslarning harakatlari yoki bunday ma’lumotlardan foydalanishning ehtimoliy oqibatlari uchun javobgar emas.
8. Foydalanuvchilarning murojaatlari.
8.1. Foydalanuvchilar oʻz soʻrovlarini, shu jumladan ularning shaxsga doir ma’lumotlaridan foydalanishga oid soʻrovlarini Jamiyatning rasmiy internet-resursda koʻrsatilgan elektron pochta manziliga yozma ravishda Sayt administratsiyasi(ma’muriyati)ga yuborish huquqiga ega.
8.2. Foydalanuvchi tomonidan yuborilgan soʻrov quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
- F.I.Sh. (toʻliq);
- Foydalanuvchining Sayt administratsiyasi(ma’muriyati) bilan munosabatlarida ishtirokini tasdiqlovchi ma’lumotlar (masalan, ro‘yxatdan o‘tish paytida foydalanilgan elektron pochta manzili);
- telefon raqami.
Sayt administratsiyasi(ma’muriyati) soʻrov olingan kundan boshlab 10 (oʻn) kalendar kun ichida Foydalanuvchi soʻrovini koʻrib chiqish va unga javob yuborish majburiyatini oladi.
9. Qoʻshimcha qoidalar
9.1. E’lon qilingan ma’lumotlarning dastlabki tabiati.
Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar (shu jumladan, tahliliy materiallar, maqolalar, sharhlar, izohlar) yoʻnaltirilgan tabiatga ega va ular baholash boʻyicha mulohazalar, prognozlar, shuningdek, mualliflar fikriga asoslangan boshqa ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi mumkin. Koʻrsatilgan ma’lumotlar yakuniy yoki toʻliq ma’lumotlar boʻlib hisoblanmaydi, Jamiyatning nomidan joylashtirilgan yoki nashr etilgan uning rasmiy hujjatlari bundan mustasno.
9.2. Analitik va boshqa materiallarni tayyorlash.
“Freedom Finance” MChJ YaTT(O‘zbekiston) (keyingi o‘rinlarda “Jamiyat” deb yuritiladi) tomonidan veb-saytda tayyorlanishi va chop etilishi yoki boshqa vositalar bilan tarqatilishi mumkin bo‘lgan barcha analitik (tahliliy), axborot va boshqa materiallar Jamiyat analitiklari tomonidan tayyorlanadi. Har bir analitik materialda har qanday qimmatli qogʻoz yoki emitentga nisbatan bayon etilgan barcha pozitsiyalar ushbu analitikning shaxsiy qarashlarini aniq aks ettirishini ta’kidlaydi. Materialda keltirilgan har qanday tavsiyalar yoki fikrlar nashr qilish paytida analitikning fikr-mulahazasi boʻlib hisoblanadi.
9.3. Alohida va mustaqil pozitsiya.
Materiallar Jamiyatdan mustaqil ravishda tayyorlanadi va ulardagi har qanday tavsiyalar va fikrlar mutlaq muayyan analitikning nuqtai nazarini aks ettiradi.
9.4. Aniqlik uchun javobgarlik.
Bayon etilgan faktlarning aniqligini va tavsiyalarning toʻgʻriligini taʼminlash uchun rioya qilinadigan barcha mumkin boʻlgan ehtiyotkorlikda ham analitiklarning hech biri, Jamiyat, uning direktorlari yoki xodimlari material mazmunining mutlaq haqiqiyligini kafolatlamaydi va undagi ehtimoliy noaniqliklar yoki yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun javobgar emas. Materiallarda keltirilgan ma’lumotlarni toʻliq va toʻliq ishonchli deb hisoblash mumkin emas.
9.5. Mas’uliyatning cheklanishi.
Hech kim materiallardan yoki ularning mazmunidan foydalanish yoki ular bilan bogʻliq boʻlgan har qanday zarar uchun javobgar emas. Har bir analitik va/yoki u bilan bogʻliq shaxslar material e’lon qilinishidan oldin u oʻz ichiga olgan ma’lumotlarga muvofiq harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
9.6. Investitsiyaviy boʻlmagan tavsiya.
Materiallarda bayon etilgan ma’lumotlar uni har qanday oluvchilari tomonidan investitsiya qarorlarini qabul qilish uchun asos boʻla olmaydi. Ushbu materiallar biznes, aktivlar yoki qimmatli qogʻozlar qiymatining bahosi boʻlib hisoblanmaydi. Avvalgi daromadlilik kelajakdagi investitsiyalar daromadliligining koʻrsatkichi boʻlmaydi. Investitsiyalash ob’yekti sifatida qimmatli qogʻozlarni tanlash va bu tanlovning oqibatlari investorning tavakkalchiligi (risk) boʻlib hisoblanadi.
Mazkur Siyosat (jumladan, joylashtirilgan axborot va analitik materiallarning dastlabki tabiati toʻgʻrisidagi 9-bo‘lim) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Jamiyatning ichki hujjatlari talablariga muvofiq davriy qayta ko‘rib chiqilishi va yangilanishi kerak. Siyosatning yangi tahriri Jamiyatning Saytida yoki boshqa rasmiy internet-resursida joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi.