Ko'rpacha egasi yoki yirik kompaniyalarning aksiyalari? Siz nimani tanlaysiz?

Ikki qo'shni - Alisher va Rustam misolida, sizga pulni qayerda saqlash yaxshiroq va jamg'armalaringizni qanday ko'paytirishni aytib beramiz.

Alisher, oziq-ovqat do‘konlar egasi

Pullari doimo qo’li ostida bo’lishi uchun, Alisher 5 yildan beri 10 000 000 so‘mni ko‘rpacha ostida saqlaydi. Uning fikricha bu ishonchli va xavfsiz, lekin Alisher inflyatsiyani esdan chiqardi. 

Alisherning 10 000 000 so’miga 5 yil ichida nima bo'ldi? 

10 000 000 so‘m naqd pulda qoldi, biroq inflyatsiya tufayli ularning qiymati 62,9 foizga tushib ketib, amalda 3 710 000 so‘mga aylanib qoldi.
Rustam, logistika kompaniyasi menejeri 

Bundan 5 yil oldin, Rustam uzoq muddat ushlab turish niyatida 10 000 000 so’m pulini Hamkorbank aksiyalariga investitsiya qilib, ularni sotib oldi. Chunki Rustam o'z jamg'armalarini ko'paytirishga intilardi.

Rustamning 10 000 000 so’miga 5 yil ichida nima bo'ldi? 

5 yil ichida Hamkorbank aksiyalari narxi 33 so'mdan 158 so'mga ko'tarilib, Rustamning 10 000 000 so'mi 40 787 000 so'mga aylandi.

Ikki qo'shnining strategiyasidagi farq aniq, ya’ni o’z mablag’iga to'g'ri munosabatda bo'lgan inson jamg'armalarini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Na ko'chmas mulk, na bank depozitlari va na pullarni ko’rpacha ostida saqlash, uzoq muddat nuqtayi nazardan, fond bozoridagi qimmatli qog'ozlar kabi ko'p foyda keltira olmaydi.


Rustam ham dast avval fond bozori haqida tushunchaga ega emas edi, ammo ishonchli broker reklamasini ko’rib, broker-menejerdan bu masalada maslahat olish kabi kichik qadamdan investitsiya olamiga sayohatini boshladi.

Birinchi qadam uchun siz quyidagi formani to'ldirishingiz kerak, shundan keyin menejer sizga qo'ng'iroq qilib, sizga fond bozori, unda siz foydalanishingiz uchun mavjud bo'lgan vositalar va siz inobadga olishingiz kerak bo'lgan xavflar haqida aytib beradi, shuningdek, barcha savollaringizga javob beradi.

Freedom Broker Uzbekistan 2018-yildan buyon, fond va valyuta birjalariga kirishni ta’minlash orqali, mijozlarga fond bozorida investitisya qilish imkoniyatini taqdim etib kelmoqda. Bizning ishonchliligimizni tekshirish va brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish bo’yicha litsenziyamiz bilan bizning ffin.uz veb-saytimizda va shuningdek, “Toshkent” Respublika fond birjasining uzse.uz axborot portalida tanishishingiz mumkin. Kompaniyaning vakolatxonalari respublikaning barcha yirik mintaqalarida joylashgan.

Mutaxassislardan bepul maslahat oling

Неккоректное имя
Неккоректный номер телефона
Неккоректный email