Freedom Broker Uzbekistan davlat dasturini amalga oshirishda va qimmatli qog‘ozlarga sarmoya qilishni fuqarolar uchun tushunarli qilishda qanday yordam berishi haqida

O‘zbekistonni rivojlantirish davlat strategiyasi (“O‘zbekiston-2030”) fond bozorining 7 yil ichida 20 barovar o’sishini nazarda tutadi. Ushbu masalada hukumatga yetakchi mahalliy broker “Freedom Broker Uzbekistan” faoliyati qanday yordam beradi va o’zbekistonliklarga investitsiyalar mavzusi qanchalik qiziq? Kompaniyaning ijrochi direktori va Freedom Holding Corp. top-menejeri, 20 yillik tajribaga ega Yerzhan Abdykerov o'z intervyusida bu borada o'z fikrini bildirdi.


2023-yilning 12-sentyabr kuni O’zbekistonda mamlakatning 2030-yilgacha rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu strategiya 2030-yilga kelib fond bozorining o’tgan yilgi 340 million AQSh dollaridan 8 milliard AQSh dollarigacha o’sishini ko’zda tutmuqoda. Sohaga bo’lgan bunday qiziqish va bunchalik katta maqsad qo’yilishi sababi nimada?

O’zbekistonda bozor kapitalini rivojlantirish — bu, mening nazarimda, qochib bo’lmaydigan jarayon. Bu har bir normal tarzda rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotining nihoyatda muhim bir qismidir. Agar aniq gapiradigan bo'lsak, O'zbekistonda fond bozorini rivojlantirishga bir necha sabab bor, xususan:

  • kompaniyalar uchun qo’shimcha moliyalashtirish manbalarini yaratish zarur;
  • moliyaviy barqarorligini oshirgan holda, mamlakatga kapital oqimining kelib turishini ta’minlash kerak;
  • xususiy investorlar uchun qo’shimcha moliyaviy vositalarni yaratish muhim;
  • umuman olganda, mamlakatning moliyaviy tizimining samaradorligini, shaffofligini va raqobatbardoshligini oshirish.


Freedom Broker ushbu global jarayonlarda qanday rol o’ynaydi?

Freedom Broker oldida mamlakatda shunchaki biznes yuritish va pul ishlab topish vazifasi emas,  balki o’zining asosiy maqsadi – mijozlarga investitsiyalar vositasida o’zining yorqin kelajagini qurishga yordam berish vazifasi ham turipti. Buning uchun biz:

    1)    Aholining moliyaviy savodxonligi darajasini oshirish va fuqarolarga sarmoya kiritish asoslarini o’rgatish maqsadida ma’rifiy tadbirlar o’tkazamiz.

    2)    Investorlarga savdo strategiyalarini ishlab chiqishda va aktivlarni, ularning risklarini minimallashtirgan va yaxshi rentabellik darajasini ta'minlagan holda, tanlashda yordam beramiz.

    3)    Bizneslarga, ularning rivojlanishi va kengayishi uchun mablag’ to’plashda yordam beramiz.

Men o’ylaymanki, bizning vazifamiz va hukumatning mamlakat fond bozorini rivojlantirish borasida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari to‘liq mos keladi.
Freedom Broker Uzbekistan, 20 ta davlatda o’z vakolatxonasini tashkil etgan, Freedom Holding Corp. xalqaro xoldingining bir qismi hisoblanadi. Biz Qozog‘istonda yaratilgan, ipoteka kreditlash, onlayn sug‘urta va bank infratuzilmasi hamda boshqa bir qator sohalarni qamrab olgan ekotizim bilan faxrlanamiz.
Xolding vakili bo'lgan har bir mamlakatda biznes yuritishda asosiy e'tibor mahalliy aholi va biznes bilan ishlashga qaratiladi. Ichki fond bozorini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilib, bu yerda biz o'z savdo platformamiz va ko'rsatilayotgan xizmatlar orqali uning turli segmentlari o'rtasida aloqalar o'rnatamiz. Ushbu strategiya o’zini to'liq oqlaydi.
Men investitsiya sohasida 20 yildan ziyod ishlab kelmoqdaman va xodimlarimizning noyob tajribasi va bilimi, shuningdek, rivojlanish va innovatsiyalarga doimiy intilishi tufayli O‘zbekiston fond bozoriga ko‘p narsa bera olishimizni ko‘rib turibman.


Freedom Broker kompaniyasi hozirgi kunda O’zbekistonda o’z faoliyatida qanday natijalarga erishdi?

O’zbekistonda faoliyat yuritgan yillar davomida Freedom Broker bir qator yorqin yutuqlarga erishdi. Biz birinchilardan bo’lib O‘zbekiston fond birjasida aksiyalarni ikkilamchi ommaviy joylashtirishni muvaffaqiyatli o‘tkazdik (“KMZ” SPO AJ), birjada birinchi bo’lib MChJ obligatsiyalarini ommaviy joylashtirishni tashkillashtirdik, valyuta birjasining bank bo’lmagan ilk a’zosi bo’ldik. Shu bilan birga, mamlakatda eng yirik birlamchi aksiyalar (SPO) joylashtirishni amalga oshirdik – UzAutoMotors uchun 57 mlrd so’m jalb qildik.

Hozirda O’zbekistonga “xalq IPO”si doirasida fond bozoriga 40 ta korxonaning chiqish rejasi kelishilgan va biz ushbu jarayonning faol ishtirokchisi sifatida ishtirok etmoqchimiz. Birinchidan, buni hukumat tomonidan qabul qilingan to’g’ri qaror deb hisoblayman, sababi bu yo’nalishda ishning olib borilishi ham mahalliy biznes, ham chakana investorlar, hamda mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. ikkinchidan, Freedom Broker Uzbekistan 一 biznes uchun anderrayting masalalarida chuqur ekspertizaga ega bo’lgan davlat bo’ylab yagona broker. Har bir joylashtirish bosqichiga sinchkovlik bilan tayyorgarlik ko’rishdan tashqari biz savdolarda ishtirok etish uchun o’zimizning mijozlar bazasini ham jalb qilamiz. Biz turli hududlarning aholisi invetsitsiyalash mavzusi bilan tanishib chiqishlari uchun mamlakat bo’ylab filiallar tarmog’ini ochdik. Kompaniyada ochilgan hisoblar soni 12 mingdan oshdi. Mijozlarimiz tomonidan tuzilgan bitimlar hajmi 2023-yilda 24% ga oshdi va 171 mlrd so’mni tashkil qildi.

Ishonch bilan ayta olamanki, o’zbekistonliklar fond bozoridagi investitsiyalarga tobora ko’proq e’tibor qaratmoqda, biz moliyaviy savodxonlikni oshirish qismida amalga oshirayotgan ishlar esa natija bermoqda. Bizning mijozlarimiz o’z portfellarini diversifikatsiya qilmoqda, yangi vositalarga qiziqish bildirmoqda va olibsotarlikni emas, balki uzoq muddatli investitsiyalashni ma’qul ko’rishni boshlamoqda.

2023-yilda biz birinchi marta Toshkent va Samarqandda fond bozoriga investitsiya kiritishga bag‘ishlangan keng ko‘lamli forumlarni o‘tkazdik va sarmoyaviy maslahatchilarimiz respublikaning 30 dan ortiq oliy o‘quv yurtlarida ma’ruzalar o‘qidilar.


Freedom Broker Uzbekistan kompaniyasining yaqin kelajak uchun rivojlanish rejalari qanday?

Biz 2024-yilda, kompaniya va bozorni rivojlantirish uchun muhim hisoblangan bir necha yo’nalishlarga diqqatimizni jalb qilmoqchimiz, xususan:

    1)    Aholining moliyaviy savodxonligini oshirishni rejalashtirmoqdamiz. Faoliyatimiz davomida biz bir qator muvaffaqiyatli tadbirlar o’tkazdik: o’rgatuvchi vebinarlar, “Sarmoyalash san’ati”, “Moliyaviy degustatsiya” va “Investorlar kurashi” kabi interaktiv tadbirlar, Toshkent va Samarqandda oflayn-tabirlar. Shu kabi tadbirlarni o’tkazishda davom etmoqchimiz.
    2)    Mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilashda davom etamiz. Biz investitsion maslahatchilarimizni mijozlar uchun samarali investitsiya portfellarini yaratish va tahlilchilarimizni yangi va qiziqarli investitsiya g‘oyalarini topishga o‘rgatishda davom etamiz.
    3)    Yangi mahsulotlar ustida ishlashni davom ettiramiz. Tafsilotlarni oshkor qilmayman, lekin hozirda bizda bir nechta loyihalar ishlab chiqilmoqda, ular muvaffaqiyatli bo'lsa, investorlar hamjamiyatida katta qiziqish uyg'otadi. Biz moliyaviy ta'lim va yangi investitsiya mahsulotlarini yaratish yo'nalishida ishlaymiz


Sizningcha, yaqin kelajakda O'zbekiston fond bozoridagi o'sishning asosiy omili nima bo'ladi?

Bizga kompaniyada, hozirda O'zbekistonda odamlarni fond bozoriga qiziqtirish uchun ko'p ishlar qilinayotgani juda yoqadi. Masalan, yaqinda soliq kodeksiga o'zgartirishlar kiritilgan bo’lib, unga ko'ra "individual investitsiya hisobi (IIH)" tushunchasi kiritildi. Qimmatli qog'ozlarni sotib olish uchun soliq to’lovchilarining IIH’ga yuboradigan ish haqi va boshqa daromadlarining bir qismi, pul IIH’dan kamida 12 oy davomida olib chiqilmagan taqdirda, daromad solig'iga tortilmaydi. Ta'kidlash joizki, soliq undirilmaydigan maksimal miqdor yiliga 100 ta eng kam ish haqi bilan cheklangan.

Shuningdek, 2023-yil sentyabrda soliq imtiyozlarining amal qilish muddati 2028-yilning ohirigacha uzaytirilgan bo’lib, ularga asosan: 

  • jismoniy shaxslar (rezidentlar va norezidentlar) tomonidan dividendlar shaklida olingan daromadlar daromad solig‘iga tortilmaydi;
  • yuridik shaxslar (rezidentlar va norezidentlar) tomonidan dividendlar ko‘rinishida olinadigan daromadlarga 5 % pasaytirilgan stavka bo‘yicha soliq solinadi;
  • jismoniy va yuridik shaxslar (rezidentlar va norezidentlar) tomonidan obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari shaklida olingan daromadlar daromad solig‘iga tortilmaydi.

Bularning barchasi, mening nazarimda, fond bozoriga yanada ko’proq yangi investorlarni jalb qilishi mumkin. IIH ishga tushirilishi bilanoq bank depozitlarining jiddiy raqibi paydo bo’ladi. Umid qilamanki, ushbu vositaning joriy etilishi mahalliy fond bozori o’sishining yangi to’lqini bo’lib xizmat qiladi.

Mutaxassislardan bepul maslahat oling

Неккоректное имя
Неккоректный номер телефона
Неккоректный email