Biz haqimizda

Freedom Broker Uzbekistan - O‘zbekistondagi yetakchi investitsion kompaniya bo‘lib, "Toshkent" respublika fond birjasi va O‘zbekiston respublika valyuta birjasida qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish imkoniyatini taqdim etadi.

Biz fond birjasida yetakchi anderrayter bo‘lib ishlaymiz, kompaniyalarga kapital jalb qilishda yordam beramiz va investorlarga sarmoya kiritish uchun foydali imkoniyatlarni taklif qilamiz.
Freedom Broker Uzbekistan 20 mamlakatda 160 ta ofisni birlashtirgan Freedom Holding Corp. xalqaro guruhiga kiradi.


Xoldingning bozor kapitallashuvi
$5 mlrd
Freedom Holding Corp mijozlari
532 MING BROKERLIK HISOBLAR
Moliyaviy soha xodimlarining o'rtacha ish tajribasi
10 YIL
Xodimlarning umumiy soni
> 6800 ODAM
Kompaniya har yili Qozog‘iston fond birjasida (KASE) faollik reytingida birinchi o‘rinlarni va "Toshkent" Respublika fond birjasida yetakchi o‘rinlarni egallaydi

15 yildan ko'proq vaqt davomida biz mijozlar va sheriklar bilan birgalikda asosiy vazifani bajarib o'sib bormoqdamiz:

Sarmoyaviy va moliyaviy qarorlari orqali dunyoni o'zgartira olaman deb o'ylaganlarga imkoniyatlarni topish va ularni ochish.


Biz shaxsiy moliyaga yondashuvni o‘zgartiramiz va yangi investitsion voqelikni yaratamiz

  • Biz Markaziy Osiyo va AQSH birjalarida IPO o‘tkazmoqdamiz: yirik, o‘rta va kichik biznesga birjaga chiqishga va o‘sish va rivojlanish uchun kapital jalb qilishga yordam beramiz. Biz investorlarga aksiyalarni joylashtirgandan so‘ng bozordan tashqari daromad olish uchun aksiyalarni erta bosqichda sotib olish imkoniyatini beramiz;

  • Biz innovatsion vositalarni: yangi birja mexanizmlarini, Tradernet multibozor savdo platformasini joriy etmoqdamiz;

  • O‘nlab bepul mahorat darslari va onlayn efirlar o‘tkazib, investitsiya madaniyatini rivojlantirmoqdamiz. "Freedom Academy" ta’lim markazimizda biz savdo va sarmoya kiritishni o‘rgatamiz va har bir kishiga moliya olamida dadil qadam tashlashga yordam beramiz.

Freedom Broker kompaniyasining vakolatxonasi 2018 yil fevral oyidan beri O'zbekistonda faoliyat yuritmoqda. Mahalliy bozorda bo'lgan davrda kompaniya:

  • "Toshkent" Respublika fond birjasida a’zolik va professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya oldi;
  • Bosh ofisi Toshkentda joylashgan O‘zbekistonning 9 ta shahrida filial tarmog‘ini qurdi;
  • O‘zbekiston respublika valyuta birjasida faoliyatni amalga oshirish uchun a’zolikka ega bo‘ldi;
  • "Kapital bozorida eng yaxshi" yillik tanlovi natijalariga ko'ra "2018 yilning “Eng yaxshi investitsiya vositachisi" unvoniga sazovor bo'ldi;
  • "Qo‘qon mexanika zavodi" AJ SPO, "Kvars" AJ SPO, "First Development group" MCHJ, "O‘zmetkombinat" AJ, "Humans Companies" AJ pre-IPO, "UzAuto Motors" AJ IPO doirasida keng ko‘lamli qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish, roadshow o‘tkazdi;
  • aholining investitsion savodxonligini rivojlantirish orqali uzluksiz ta’lim va ma’rifiy faoliyat olib bormoqda.



O'zbekistonda filiallar tarmog'i