Brokerlik xizmati

Bizning harakatlarimiz sizning natijangiz
Brokerlik xizmati

Qimmatli qog'ozlar bozoriga sarmoya kiritishni xohlaysizmi, lekin iqtisodiy bilimlarsiz, katta boshlang'ich kapitalsiz yoki birja ma’lumotlarini tahlil qilish qobiliyatisiz buni amalga oshirish mumkin emas deb o'ylaysizmi?

Agar shunday bo'lsa, biz sizga shaxsiy strategiyani shakllantirish va moliyaviy maqsadlaringizga erishishda yordam beradigan shaxsiy investitsiya maslahatchisi rahbarligida sarmoya kiritish uchun noyob imkoniyatni taklif qilamiz.

Bu qanday ishlaydi?

Freedom Broker Uzbekistan O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining sertifikatiga va fond bozorida 6 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan investitsiya maslahatchilarning brokerlik hisobini ochishdan tortib, investitsiya portfelini shakllantirishgacha bo'lgan xizmatlarini taqdim etadi.

Sizda doim tanlash imkoni bor!

Shaxsiy maslahatchi ko'magida investitsiya qilish
  1. 1. Doimiy ravishda bozor va yangiliklarni kuzatib borish
  2. 2. Kompaniya hisobotini (ROI) tushunish
  3. 3. Kompaniyalarni mustaqil tahlil qilish
  4. 4. Call markazi so'rovingizni ko'rib chiqilishini kutish
  5. 5. Ishonchsiz ijtimoiy tarmoqlarda g'oyalarni qidirish

Mavjud moliyaviy vositalar

Aktsiyalar - yirik kompaniyalarning sherik egasi (aksiyadori) bo'lasiz va dividendlar va aktsiyalarning o'sishidan pul ishlaysiz

Investitsion portfelning o'rtacha daromadi taxminan 25-30% ni tashkil qiladi

Obligatsiyalar - kompaniyalarga qarz berish va oylik to'lovlar bilan barqaror daromad olish

“Toshkent” Respublika fond birjasida 28 foizgacha daromadli 20 dan ortiq obligatsiyalar mavjud

IPO - o'z aksiyalarini dastlabki emissiya qiliyotgan istiqbolli kompaniyalarning mazkur aktsiyalarini birinchilardan bo'lib sotib olish va ularning yanada o'sishidan daromad olish

Siz uchun ochiladigan imkoniyatlar:

Shaxsiy strategiyani ishlab chiqish

Sizning moliyaviy maqsadingiz qanday bo'lishidan qat'iy nazar, investitsiya bo'yicha maslahatchisi unga erishish uchun individual strategiyani tanlab beradi

Ta'lim tadbirlariga taklif

Investorlar safiga qo'shilish orqali siz bizning muntazam onlayn va oflayn tadbirlarimizda hamfikrlar qatorida bo'lish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'lasiz

Portfelingizni diversifikatsiya qilish bo'yicha maslahatlar

Sizning aktivlaringiz narxi tushdimi? Investitsion maslahatchi sizga portfel aktivlaringizni o'zgartirishda yordam beradi. Porfelni me'yorlashtirish uchun nimani sotib olish va sotish kerakligi bo'yicha maslahat beradi

Xizmat ko'rsatish va qo'llab-quvvatlash

Mutaxassislarimizdan malakali texnik yordam olasiz.

Holat bo'yicha doimiy hisobotlar

Sizning aktivlaringizning o'sishiga/kamayishiga nima sabab bo'lganligi va portfelingizning kunlik ko'rsatkichlari qanaqa ekanligini bilib turasiz

Dolzarb investitsiya g'oyalari

Tahlil bo'limining so'nggi yangiliklari va investitsiya g'oyalaridan bilan xabardor bo'lib turasiz

Nega biz siz ishonishingiz mumkin bo'lgan broker?

O‘zbekistonda 12 000 dan ortiq odam Freedom Broker Uzbekistan mijoziga aylandi

Respublika bo'ylab 8 ta ofis

Boy tajriba - bozorda 6 yildan ortiq

2 ta SPO va 1 ta IPOni muvaffaqiyatli tashkil etildi

Qanday qilib investitsiya qilishni boshlash kerak?

1-qadam

Onlayn ariza qoldirish

Bunga bir necha daqiqa kerak bo'ladi

2-qadam

Hisob ochish uchun tashrif buyurish

Shaxsingizni tasdiqlash uchun sizga yaqin bo'lgan ofisga (Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Buxoro, Andijon, Qarshi, Navoiy va Nukus) shaxsan tashrif buyurishingiz kerak bo'ladi

3-qadam

Hisobingizni to'ldirish

Bank orqali va toʻlov tizimlari (Uzum Bank, Click va Payme) orqali ham hisobni to'ldirish imkoni mavjud

BIZ SIZGA BATAFSIL MASLAHAT BERISHDAN HURSAND BO'LAMIZ MASLAHAT OLISH

Brokerlik faoliyatining klassik formatida siz o'zingiz qimmat baho qog'ozlarni tanlaysiz va biz  Sizga qulay bo'lgan tarzda bitimni bajarish amalga oshirish uchun buyruq berasiz: savdo maydonchasi, telefon yoki e-mail orqali.


  • "Toshkent" Respublika fond birjasiga kirish (Uzse)
  • Moslashuvchan tarif rejalari
  • Og'ir qaror qabul qilish uchun tahliliy yordam 
  • Hisobni bepul ochish va yuritish 
  • Har qanday miqdor bilan boshlash imkoniyati
  • O'zingizning aktivlaringiz to'g'risida doimiy hisobot