CEO Murojaati
CEO Murojaati
Biz barchamizning umumiy va ulkan maqsadimizga erishish yo‘lida qonuniylik, etika va ishbilarmonlik xulq-atvori tamoyillariga amal qilishimiz zarur.
Etika va Ishbilarmonlik Xulq-Atvor Kodeksi hamkasblar, mijozlar, davlat organlari, biznes hamkorlar, raqobatchilar va jamoatchilik bilan munosabatlarda nimaga yo‘l qo‘yish mumkin va nimaga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aniq belgilab beradi.
Ba’zan ushbu Kodeksga rioya etish uchun oson bo‘lmagan qarorlarni qabul qilishga to‘g‘ri keladi, biroq uzoq muddatli istiqbolda bu bizga biznesda ustunlik beradi va Kompaniyamizning barqarorligi hamda uzoq muddatli farovonligini ta’minlaydi.
Sobirov Jo'rabek
CEO Freedom Broker Uzbekistan
Qoidabuzarliklar to‘g‘risida xabardor qilish
Freedom Broker Uzbekistan kompaniyasi xodimlari, uchinchi shaxslar, biznes hamkorlar va quyida sanab o‘tilgan holatlardan xabardor bo‘lgan har qanday manfaatdor shaxs:
• pora olish,
• korrupsiya,
• firibgarlik,
• o‘g‘irlik,
• vakolatlardan suiiste’mol qilish,
• tazyiq,
• Ichki hujjatlar va Kodeksga zid harakatlar,
• Yoki boshqa qonunga xilof holatlar.
haqida Ishonch telefoniga xabar berishlari mumkin.
Ishonch telefoni bo‘yicha
1. Ishonch telefoni qanday ishlaydi?
-
Har bir tushgan murojaat tekshiriladi.
-
Murojaat etuvchi shaxs ta’qib va diskriminatsiyadan himoyalanadi.
-
Whispli platformasi va ilovasida 100% anonim muloqot qilish imkoni mavjud.
-
Tekshiruvda faqat zarur mutaxassislar ishtirok etadi.
-
Tekshiruv natijalari qonunchilikda belgilangan maxfiylik talablariga muvofiq ravishda murojaat etuvchiga yetkaziladi.
-
Ishonch telefoni shaxsiy hisob-kitoblar uchun vosita emas.
-
Bila turib yolg‘on ma’lumot berish jiddiy qoidabuzarlik hisoblanadi va amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
-
Bu favqulodda vaziyatlar uchun xizmat emas — xavf holatida tegishli xizmatlarga murojaat qiling.
2. Nima haqida xabar berish mumkin?
-
Qonun, Kodeks, siyosat va ichki tartiblarni buzish.
-
Korrupsiya ko‘rinishlari: pora, tamagirlik, noma’lum sovg‘alar.
-
Xavfsizlikka tahdid, diskriminatsiya, tazyiq.
-
Mehnat qonunchiligi buzilishi.
-
Axborot xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, maxfiy ma’lumotlar buzilishi.
-
Manfaatlar to‘qnashuvi (tanish-bilishchilik, raqobatchilarga xizmat ko‘rsatish, vakolatlardan suiiste’mol qilish).
-
Nojo‘ya raqobat.
-
Buxgalteriyadagi buzilishlar.
-
O‘g‘irlik, firibgarlik, talon-taroj.
-
Xarid jarayonidagi buzilishlar.
-
Jinoiy pullarni qonuniy qilib ko‘rsatish va terrorizmni moliyalashtirish.
-
Boshqa qonunbuzarliklar.
3. Kim xabar berishi mumkin?
Kompaniya xodimlari, uchinchi shaxslar, biznes hamkorlar va boshqa barcha manfaatdor shaxslar, agar ular pora olish, korrupsiya, firibgarlik, o‘g‘rilik, vakolatdan suiiste’mol qilish, tazyiq yoki «Etika va xulq-atvor kodeksi» buzilishining boshqa holatlariga guvoh bo‘lgan bo‘lsalar, o‘z shubhalari yoki aniq faktlar haqida xabar berishlari mumkin.
4. Murojaat etuvchi qanday javobgarlikka ega?
Murojaat xolis va faktlarga asoslangan bo‘lishi shart.
• Agar hujjatlar mavjud bo‘lsa, ilova qilinishi kerak.
• Qasddan yolg‘on xabar jiddiy huquqbuzarlik hisoblanadi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilishi mumkin.
5. “Murojaat etuvchini himoya qilish” nima?
Xolis va vijdonan murojaat qilgan shaxs mehnat shartnomasini to‘xtatilishi, lavozimdan tushirish ,hamkorlikdan bosh tortish, ta’qib va diskriminatsiyadan himoyalanadi.
• Lekin himoyadan suiiste’mol qilmaslik lozim.
6. Murojaat qanday ro‘yxatdan o‘tadi?
• Whispli platformasi orqali yuboriladi.
• Ma’lumotlar o‘chirilmaydi va kelajakdagi auditlar uchun platformada saqlanadi.
• Komplayens boshqarmasi murojaatni boshidan oxirigacha kuzatib boradi.
7. Tekshirish muddati qancha?
• 5 ish kunida murojaat qabul qilinishi yoki rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
• Tekshirish muddati hajm va xavf darajasiga qarab 60 kalendar kungacha bo‘lishi mumkin.
8. Anonim va maxfiy rejim farqi
• Anonim rejimda murojaat etuvchi shaxs aniqlanmaydi. Maxfiylik har qanday bosqichda saqlanadi va oshkor qilingan taqdirda, faqat tekshiruvga jalb qilingan tor doiradagi shaxslarga ma’lum bo‘ladi.
9. Anonimlik qanday ta’minlanadi?
• Faqat Whispli orqali yuborilganda kafolatlanadi. Murojaatni ro‘yxatga olish paytida anonim rejimni tanlash mumkin
• Foydalanuvchi nomi, parol va so‘rovning maxsus ssilkasini saqlab qo‘yish kerak.
• Keyinchalik tekshiruvchi bilan chat orqali muloqot qilish mumkin.
Ishonch telefoni
• pora olish,
• korrupsiya,
• firibgarlik,
• o‘g‘irlik,
• vakolatlardan suiiste’mol qilish,
• tazyiq,
• Ichki hujjatlar va Kodeksga zid harakatlar,
• Yoki boshqa qonunga xilof holatlar.
haqida Ishonch telefoniga xabar berishlari mumkin.
- Qonun, Kodeks, siyosat va ichki tartiblarni buzish.
- Korrupsiya ko‘rinishlari: pora, tamagirlik, noma’lum sovg‘alar.
- Xavfsizlikka tahdid, diskriminatsiya, tazyiq.
- Mehnat qonunchiligi buzilishi.
- Axborot xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, maxfiy ma’lumotlar buzilishi.
- Manfaatlar to‘qnashuvi (tanish-bilishchilik, raqobatchilarga xizmat ko‘rsatish, vakolatlardan suiiste’mol qilish).
- Nojo‘ya raqobat.
- Buxgalteriyadagi buzilishlar.
- O‘g‘irlik, firibgarlik, talon-taroj.
- Xarid jarayonidagi buzilishlar.
- Jinoiy pullarni qonuniy qilib ko‘rsatish va terrorizmni moliyalashtirish.
- Boshqa qonunbuzarliklar.
• Agar hujjatlar mavjud bo‘lsa, ilova qilinishi kerak.
• Qasddan yolg‘on xabar jiddiy huquqbuzarlik hisoblanadi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilishi mumkin.
• Lekin himoyadan suiiste’mol qilmaslik lozim.
• Ma’lumotlar o‘chirilmaydi va kelajakdagi auditlar uchun platformada saqlanadi.
• Komplayens boshqarmasi murojaatni boshidan oxirigacha kuzatib boradi.
• Tekshirish muddati hajm va xavf darajasiga qarab 60 kalendar kungacha bo‘lishi mumkin.
• Foydalanuvchi nomi, parol va so‘rovning maxsus ssilkasini saqlab qo‘yish kerak.
• Keyinchalik tekshiruvchi bilan chat orqali muloqot qilish mumkin.
Agar siz Kodeks buzilishi, korrupsiya yoki boshqa nohalol xulq-atvor haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz:
• Onlayn: havola orqali anonim arizani to‘ldiring;
• QR-kod: QR-kodni skanerlang;